azizxon14.zn.uz

Нет комментариев

Fikrlar

Нет комментариев

azizxon14.zn.uz

azizxon14

1 Комментарий

REKLAMA JOYLAYMIZ

123

REKLAMA

Assalomu alaykum aziz foydalanuvchilar.Hozir sizlar bilan reklama haqida so’zlashamiz. Agar siz saytimga reklama joylashtirmoqchi bo’lsangiz sizga reklamalar qayerda joylashuvi va ularning narxlari haqida aytib o’taman. Agar siz saytimning header(bosh yani yuqori) qismiga rasm joylashtirish narxi 55 000 so’m.Rasm o’lchami 850×100 atrofida bo’ladi Menimcha bu narx o’rtacha tanlagan. Keyin esa 3 ta reklama joylashimiz mumkun
bo’lgan hudud bu saytning yon qismidir Unda rasm o’lchami katta hajmda joylashtiriladi. U yerga rasm joylashtirish narxi 50 000 so’mni tashkil. Qiladi. Aziz foydalanuvchilar azizxon14.zn.uz sayti kundan kunga rivojlaib bormoqda. O’ylaymanki mani saytimga reklamangizni joylashtirsangiz xato qilmaysiz

Нет комментариев

DIQQAT E`LON

 

what_is_telegramTELEGRAMDA azizxon14.zn.uz Saytini kanali ochildi BIZ bilan telegramda kuzatib boring mana Silkasi:@azizxon14 Albatta kiring.

Нет комментариев

ECHL. CHorak finalda «Bavariya» «Real» bilan o’ynaydi va boshqa juftliklar.

245214_220ECHL. CHorak finalda «Bavariya» «Real» bilan o’ynaydi va boshqa juftliklar

Teglar : Evropa chempionlar ligasi
Toshkent vaqti bilan 16:00da Evropa CHempionlar ligasi chorak finaliga qura tashlash marosimi bo’lib o’tdi.
Ushbu bosqichda bir mamlakatning ikki jamoasi bir-biriga qarshi tushishi mumkin.
Qiziqarli malumotlar:
CHempionlar ligasining avvalgi mavsumlarida eng ko’p chorak finalda ishtirok etgan jamoalar
«Real» – 33
«Bavariya» – 27
«Barselona» – 18
«Yuventus» – 16
«Atletiko» – 8
«Borussiya» D – 8
«Monako» – 4
«Lester Siti» – 0

O’tgan mavsumd ushbu bosqichda quyidagi natijalar qayd etilgan
«Volfsburg» – «Real» 2:3
«Bavariya» – «Benfika» 3:2
«Barselona» – «Atletiko» 2:3
PSJ – «Manchester Siti» 2:3

CHorak finalga yo’l olgan jamoalar:
«Bavariya»
«Monako»
«Lester Siti»
«Borussiya» D
«Barselona»
«Atletiko»
«Real»
«Yuventus»
YANGILASH
16:00. UEFAning jamoatchilik bilan aloqalar bo’limi direktori Pedro Pinto sahnaga chiqdi va barchani chorak final jamoalari bilan tanishtirdi.
16:05. UEFA bosh kotibi Jorjo Marketti sahnaga ko’tarildi va ushbu inson qura marosimini o’tkazadi.
16:06. Sobiq futbolchi, Uels terma jamoasi safida eng ko’p gol urgan Yan Rash qura faxriy mehmoni sifatida sahnaga taklif etildi.
16:09. Qura tashlash marosimi boshlanmoqda.
Qura natijalari:

«Atletiko» – «Lester Siti»

«Borussiya» D – «Monako»

«Bavariya» – «Real»

«Yuventus» – «Barselona»

Eslatib o’tamiz, ushbu jamoalar o’rtasidagi ilk bahslar 11-12 aprel, javob o’yinlari 18-19 aprel kunlari bo’lib o’tadi.
Havola :
http://championat.asia/oz/uzb/news/153600
Manba : championat.asia

Нет комментариев

O`zbekiston Respublikasining birinchi prizidenti ISLOM KARIMOV

Islom Abdugʻaniyevich Karimov (1938-yil 30-yanvar, Karimov_LatviaSamarqand shahri — 2016-yil 2-sentabr, Toshkent shahri[2]) — davlat va siyosat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti. Oʻzbekiston Qahramoni (1994). Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qoʻmondoni va 2007-yilgi prezidentlik saylovlari gʻolibi, 2015-yilgi prezidentlik saylovlari gʻolibi.

Oʻzbekiston mustaqilligi eʼlon qilingunga qadar UzSSR kommunistik partiyasi birinchi kotibi. 1991-yilda Oʻzbekiston Prezidenti etib saylandi va hozirgacha shu lavozimni egallab kelmoqda.

Islom Karimov boshchiligida Oʻzbekiston oʻzining Konstitutsiyasiga ega boʻldi, BMTda tan olindi va iqtisodiyoti boshqa MDH davlatlariga nisbatan barqaror rivojlandi.

Hayoti va faoliyati

Islom Karimov xizmatchi oilasida tugʻilgan. Oʻrta Osiyo politexnika instituti (1960), Toshkent xalq xoʻjaligi institutini (1967) tugatgan.

Mehnat faoliyati

Mehnat faoliyatini 1960-yilda Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi («Tashselmash») zavodida master yordamchiligidan boshladi. Soʻng mazkur korxonada master, texnolog. 1961-yildan 1966-yilgacha V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor boʻlib ishladi. 1966-yilda Oʻzbekiston Davlat plan komitetiga ishga oʻtib, bosh mutaxassislikdan respublika Davlat plan komiteti raisining birinchi oʻrinbosarigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdi. 1983-yildan Oʻzbekiston SSR Moliya vaziri, 1986-yildan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti raisining oʻrinbosari — respublika Davlat plan komitetining raisi. 198689-yillarda Oʻzbekiston KP Qashqadaryo viloyat komitetining birinchi kotibi, 1989-yil iyunidan Oʻzbekiston KP MK birinchi kotibi. 1990-yil 24-martda Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida Islom Karimov Oʻzbekiston SSR Prezidenti etib saylandi.

Siyosiy faoliyati

1991-yil 31-avgustda Karimov tarixiy voqea — Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini eʼlon qildi. 1991-yil 29-dekabrda muqobillik asosida oʻtkazilgan umumxalq saylovida Karimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 1995-yil 26-martda boʻlib oʻtgan umumxalq referendumi yakunlariga koʻra, Karimovning Prezidentlik vakolati 2000-yilga qadar uzaytirildi. 2000-yil 9-yanvarda u muqobillik asosida Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti etib qayta saylandi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89- va 93-moddalariga muvofiq, Karimov ayni vaqtda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qoʻmondonidir.

Ilmiy faoliyati

Karimov Oʻzbekiston FA akademiyasi (1994), shuningdek, iqtisod, fan, taʼlimni rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun oʻndan ortiq xorijiy mamlakat universitet va akademiyalarining faxriy fan doktori, professor hamda akademikligiga saylangan. Uning «Oʻzbekistonning oʻz istiqlol va taraqqiyot yoʻli» (1992), «Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang» (1993), «Oʻzbekiston — bozor munosabatlariga oʻtishning oʻziga xos yoʻli» (1993), «Bizdan ozod va obod Vatan qolsin» (1994), «Istiqlol va maʼnaviyat» (1994), «Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir» (1995), «Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» (1997), «Barkamol avlod orzusi» (1998), «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» (1998), «Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq» (1998), «Olloh qalbimizda, yuragimizda» (1999), «Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot — pirovard maqsadimiz» (2000), «Tinchlik uchun kurashmoq kerak» (2001), «Oʻzbekistonda demokratik oʻzgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yoʻnalishlari» (2002) va boshqa asarlarida iqtisodiyot, ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotning dolzarb masalalari tadqiq qilingan, Oʻzbekistonning ichki va tashqi siyosati ilmiy asoslab berilgan, hozirgi va istiqboldagi vazifalar koʻrsatib oʻtilgan. Uning asarlari ingliz, rus, fransuz, ispan, nemis, hind, xitoy, arab, koreys, turk va boshqa xorijiy tillarga tarjima qilinib, bir necha bor nashr etilgan.

Amalga oshirgan ishlari

« Islohot – islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning farovon hayoti uchun xizmat qilishi kerak. [3] »

Oʻzbekiston xalqi istiqlol yillarida erishilgan barcha yutuqlarni haqli ravishda Karimov nomi va faoliyati bilan bogʻlaydi. U sobiq sovet tuzumidan keyin paydo boʻlgan beqaror, notinch davrda Oʻzbekiston jamiyatida barqarorlik va ishonchni paydo qila oldi, xalqi oldiga millatni yuksaklarga koʻtaradigan ulkan maqsad va vazifalar qoʻydi. Karimov Oʻzbekistonda amalga oshirilgan ulkan ishlar, tarixiy oʻzgarishlarning tashabbuskori va rahnamosi, mamlakatning istiqol dasturini ishlab chiqqan va milliy taraqqiyot yoʻlini belgilab bergan atoqi davlat arbobidir. Karimov demokratik talablar va xalqaro mezonlarga toʻla javob beradigan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy muallifi va uni hayotga tatbiq etishning kafolatidir. U markaziy hokimiyat va uning joylardagi boʻgʻinlarini isloh qilish, davlat, jamiyat va inson munosabatlarini uygʻunlashtirishga qaratilgan yangi siyosiy-ijtimoiy tizim tamoyillarini ishlab chiqdi va amalga oshirdi. Oʻzbekiston xalqining oʻziga xos xususiyatlari hamda ilgʻor jahon tajribalarini mujassamlashtirgan iqtisodiy islohotlarning yangi modelini ishlab chiqdi. Bu rivojlanish yoʻli iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi, qonun ustuvorligi, oʻtish davrida davlatning bosh islohotchilik roli, islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish, kuchli ijtimoiy himoyadan iborat 5 tamoyilni oʻz ichiga oladi va u dunyoda «oʻzbek modeli» deb eʼtirof etilgan. Karimov rahbarligi va bevosita ishtirokida Oʻzbekiston turli-tuman «sakrash»lar, «falaj qilib davolash»lardan voz kechib, bozor iqtisodiyotiga oʻtishda oʻziga xos yoʻldan bordi va puxta oʻylangan dastur asosida mamlakat iqtisodiy poydevorini qura boshladi. Qisqa vaqt ichida mamlakat neft va neft mahsulotlari, gʻalla mustaqilligiga erishdi. Oʻzbekiston Respublikasida yuksak sifatli oltin va gaz qazib olish keskin darajada koʻpaydi, ishlab chiqarishning yangi sohalari, mas., avtomobilsozlik sanoati barpo etildi. Karimov Oʻzbekiston davlatining hududiy yaxlitligini, sarhadlari daxlsizligini himoya qilishga qodir qurolli kuchlar, chegara va ichki qoʻshinlarni zamonaviy islohotlar asosida tashkil etish ishiga rahbarlik qildi. KPSS MK boshchiligidagi mustabid kuchlar Oʻzbekistonda adolatsizlik va tazyiqlarni avj oldirgan yillarda oʻzbek nomini nohaq tahqir va haqoratlardan himoya qilish, xalqning or-nomusini, milliy gʻururini tiklashda fidoyilik namunasini koʻrsatdi.

2012-yilgi ShHT sammitida

Karimov jahon siyosat olamida hamisha ilgʻor fikrlarni ilgari suradigan, tashabbuskor, oʻz nuqtai nazarini qatʼiy himoya qilib, oldiga qoʻyilgan maqsadga erisha oladigan shaxs sifatida tanilgan. U sobitqadamlik bilan tinchlik va hamjihatlik siyosatini yuritib kelmoqda. Karimov yuksak xalqaro uchrashuvlarda birinchilardan boʻlib 21-asr vabosi hisoblanmish terrorchilikka va u bilan chambarchas bogʻliq narkobiznesga qarshi faqat hamjihatliqda kurashish zarurligini, mazkur dahshatli tahdid manbalarini bartaraf etish va Markaziy Osiyo mintaqasida «xavfsizlik kamari»ni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimini yaratish kerakligini taʼkidlab keldi. Xalqaro maydonda Oʻzbekistonning obroʻ-eʼtiborini yuksaltirish, uning qadimgi boy madaniyati va bugungi ulkan salohiyatini dunyoga tanitishda buyuk xizmat qildi. Oʻzbekiston BMTga aʼzo boʻlib kirdi (1992 yil, 2-mart), deyarli barcha nufuzli xalqaro tashkilotlar va mintaqaviy uyushmalarga qabul qilindi, 120 dan ortiq davlat bilan diplomatik aloqa oʻrnatdi, oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻydi. Oʻzbekiston oʻzining tinchliksevar tashqi siyosati, Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni taʼminlash, mintaqa mamlakatlari oʻrtasida yagona iqtisodiy makonni vujudga keltirish, Orol dengizi muammolarini jahon hamjamiyati koʻmagida har tomonlama hal etishga qaratilgan bir qator tashabbuslari bilan xalqaro maydonda tanildi, oʻz nufuziga ega boʻldi. Jamiyatda maʼnaviy poklanish va yuksalishga erishish, eski aqidalardan xalos boʻlish, shu asosda milliy istiqlol gʻoyasini yaratish va hayotga tatbiq etish uchun maʼnaviy qadriyatlarga hurmat-ehtirom bilan munosabatda boʻlish, ularni asrab-avaylash va rivojlantirish, xalqqa oʻzining muqaddas dini, urf-odatlarini qaytarib berish, tarixiy merosini tiklash, sogʻlom avlodni voyaga yetkazish vazifalarini Karimov yurtimizda davlat siyosati darajasiga koʻtardi. Karimovning 21-asr boʻsagʻasida oʻzbek millatining oʻzligini anglashi, uning qadr-qimmatini joyiga qoʻyish, oʻzbek nomini butun dunyoga tarannum etishda qoʻshgan hissasi ayniqsa beqiyosdir. U odamlarning tafakkurini oʻzgartirish, ularning ongida yangi milliy gʻoya, milliy mafkura asoslarini shakllantirish va mustahkamlash, kadrlar tayyorlash milliy dasturini yaratish va uni amalga oshirishga rahnamolik qildi. Mahallaning davlat va jamiyat boshqaruvidagi nufuzini oshirish, vakolat va huquqlarini kengaytirish, fuqarolarning oʻz-oʻzini boshqarish tizimi sifatida uni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash tashabbuskori boʻldi. Karimov yangi turar joylar qurish, shu jumladan, ulugʻ ajdodlarimizning qadam-jolarini obod qilish, iqtisodiy salohiyatni oshirishda katta oʻrin tutadigan yirik-yirik korxonalarni bunyod etish, shahar-qishloqlar, avvalambor, poytaxt Toshkentning shakl-qiyofasini tubdan oʻzgartirish ishlariga bevosita rahbarlik qilmoqda.

Karimov mustaqil Oʻzbekiston davlati va davlatchiligini barpo qilish, demokratik fuqarolik jamiyati qurish asoslarini yaratdi, yangi asrda mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqdi, yorugʻ istiqbol yoʻlida xalqni birlashtirib, uni ulugʻ maqsadlar sari boshlab bormoqda.

Vafoti

Asosiy maqola: Islom Karimov vafoti

Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov 2016-yil 2-sentabrida Toshkent vaqti bilan soat 20:55 da Toshkent shahrida bosh miyada qayta tiklanmaydigan oʻzgarishlarga va poliorgan yetishmovchiligiga olib kelgan miya qon aylanishining oʻtkir buzilishi (insult) oqibatida vafot etdi.[4]

Mukofotlari

Karimov suveren va mustaqil Oʻzbekistonni barpo etish, xalqparvar demokratik huquqiy davlat yaratish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni taʼminlash, tarixiy adolatni tiklash ishiga qoʻshgan ulkan hissasi hamda bu borada matonat va jasorat koʻrsatganligi uchun «Mustaqillik» (1996), Amir Temur (1998) ordenlari bilan taqdirlangan. Shuningdek, u bir qancha xorijiy davlatlarning va nufuzli xalqaro tashkilotlarning orden va medallari bilan mukofotlangan.

Adabiyot

  • Eʼtirof (oʻzbek, ingliz, rus tillarida), T., 1995;
  • Oʻzbekistonning yangi tarixi, 3-j. (Mustaqil Oʻzbekiston tarixi), T., 2000;
  • Islom Karimov — Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti (fotoalbom; oʻzbek, ingliz, rus tillarida), T., 1998;
  • Levitin L., Karlayl D. S, Islom Karimov — yangi Oʻzbekistan Prezidenti, T., 1996;
  • Levitin L., Узбекистан на историческом повороте, M., 2001;
  • Серия вожди народов — XX век, M., 1996;
  • Sharifxodjayev M., Формирование открытого гражданского общества в Узбекистане, T., 2002;
  • Amerikaga tashrif — Визит в Америку, T., 2002.[5]

Manbalar

Нет комментариев

Zahiriddin Muhammad BOBUR

Bobur (taxallusi; toʻliq ismi Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo) (1483.14.2, Andijon 1530.26.12, Agra) — oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili: buyuk shoir; tarixchi, geograf; davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda; boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda.

Mundarija                200px-Babur.2       Bobur

 [yashirish] 

Hayoti va ijodi[tahrir]

Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Fargʻona viloyati hokimi, onasi — Qutlugʻ Nigorxonim Moʻgʻuliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonnint qizi edi. Boburning onasi oʻqimishli va oqila ayol boʻlib, Boburga hokimiyatni boshqarish ishlarida faol koʻmak bergan, harbiy yurishlarida unga hamroxlik qilgan. Umarshayx Mirzo xonadoni poytaxt Andijonning arki ichida yashar edi. Hokim yoz oylari Sirdaryo boʻyida, Axsida, yilning qolgan faslini Andijonda oʻtkazardi. Boburning yoshligi Andijonda oʻtgan. Bobur barcha temuriy shahzodalar kabi maxsus tarbiyachilar, yirik fozilu ulamolar ustozligida harbiy taʼlim, fiqx ilmi, arab va fors tillarini oʻrganadi, koʻplab tarixiy va adabiy asarlar mutolaa qiladi, ilmfanga, sheʼriyatga qiziqa boshlaydi. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan „Bobur“ („Sher“) laqabini oladi.

Bobur otasi yoʻlidan borib, mashhur sufiy — Xoja Ahrorga ixlos qoʻyadi va uning tariqati ruhida voyaga yetadi, umrining oxiriga qadar shu eʼtiqodga sodiq qoladi. Keyinchalik, „Boburnoma“ asarida Bobur Xoja Ahror ruhi bir necha bor uni muqarrar halokatdan, xastalik va chorasizliqdan xalos etganini, eng ogʻir sharoitlarda rahnamolik qilganligini taʼkidlaydi. Otasi Axsida bevaqt, 39 yoshida fojiali halok boʻlgach, oilaning katta farzandi, 12 yoshli Bobur valiahd sifatida taxtga oʻtiradi (1494-yil iyun).

Movarounnahr 15-asr oxirida oʻzaro nizolashayetgan temuriy shahzodalar yoki mulkdor zodagonlar boshchilik qilib turgan, deyarli mustaqil boʻlib olgan koʻpdan koʻp viloyatlarga parchalanib ketgan edi. Movarounnahr taxti uchun kurash avjga chiqqan, turli siyosiy fitnalar uyushtirilmoqda edi. Buning ustiga Umarshayx Mirzoga tobe bir necha bek va hokimlar yosh hukmdorga (Boburga) boʻysunishdan bosh tortadilar. Ularning ayrimlari Boburning ukalarini yoqlasa, baʼzilari mustaqillik daʼvosini qiladi, yana boshqa birlari Boburga raqib, boshqalari amaki, togʻalariga qoʻshilib, uni jismonan yoʻqotish payiga tushadi. Oʻz amakisi va togʻasi boʻlmish Sulton Ahmad Mirzo bilan Sulton Mahmudxon xurujlarini daf qilgan Bobur hukmronligining dastlabki 2— 3 yilida mavqeini mustahkamlash, bek va amaldorlar bilan oʻzaro munosabatni yaxshilash, qoʻshinni tartibga keltirish, davlat ishlarida intizom oʻrnatish kabi muhim chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Boburning dastlabki siyosiy maqsadi Amir Temur davlatining poytaxti, strategik va geografik jihatdan muhim boʻlgan Samarqandni egallash va Movarounnahrda markazlashgan kuchli davlatni saqlash, mustahkamlash hamda Amir Temur saltanatini qayta tiklashdan iborat edi. Bu paytda, qisqa muddat ichida Samarqand taxtiga uchinchi hukmdor kelgan edi. Sulton Ahmad Mirzo vafoti (1494-yil iyul) dan keyin taxtga oʻtirgan Sulton Mahmud Mirzo Samarqandda davlatni 5—6 oydan ortiq idora etmadi — qisqa muddatli kasallikdan soʻng 43 yoshida vafot etdi. Uning oʻrniga Buxoroda hokim boʻlgan oʻgʻli Boysungʻur oʻtiradi. 1495—1496-yillarda Bobur Samarqandga ikki marta muvaffaqiyatsiz yurish qiladi. 1497-yil kuzida u Samarqand atrofidagi bir qancha joylarni va 7 oylik qamaldan soʻng Samarqandni egallaydi, Boysungʻur Qunduzga qochadi. Shahar qamal tufayli nihoyatda ogʻir kunlarni boshidan kechirmoqda edi. Hatto ekkulik don ham topish mushkul edi. Bobur qoʻshinni taʼminlashda katta qiyinchiliklarga duch keldi. Navkarlaridan ayrimlari Andijon va Axsi tomon qochib ketadilar. Buning ustiga Andijonda qolgan ayrim beklar Boburdan yuz oʻgirib, uning ukasi Jahongir Mirzo tarafiga oʻtadilar. Andijondan koʻngli notinch boʻlgan va iqtisodiy qiyinchiliklarga uchragan, ayni zamonda ogʻir xastalikni boshidan kechirgan Bobur Samarqandni yuz kun idora etgandan soʻng, uni tark etishga qaror qiladi. Ammo Xoʻjandga yetganda Andijon ham qoʻldan ketib, muxoliflar ixtiyoriga oʻtganini eshitadi. Boburning Toshkent hokimi, togʻasi Mahmudxon koʻmagida Andijonni qayta egallashga urinishi natija bermaydi. Bu muvaffaqiyatsizlik Bobur qoʻshiniga salbiy taʼsir etib, koʻpchilik bek, navkarlar (700—800 kishi) Boburni tark etadi. Oʻziga sodiq kishilar (200—300) bilan qolgan Bobur maʼlum muddat Xoʻjandda turgach, Toshkentga — Mahmudxon huzuriga kelib, Andijonni qaytarib olish rejasini tuza boshlaydi. Maʼlum muddat oʻtgach, Bobur Xoʻjandga qaytadi, koʻp oʻtmay, Margʻilonni qoʻlga kiritadi hamda Andijonni egallash tadbirlarini koʻradi. Nihoyat, 2 yildan soʻng (1498 yil iyun) uni qayta qoʻlga kiritadi. Bobur ukasi Jahongir Mirzo bilan sulh tuzib, uning ixtiyorida „Xoʻjand suvining Axsi tarafi viloyatlarini…“ qoldiradi, Andijon tarafi viloyatlarini oʻz tasarrufiga oladi.

Temuriylarning oʻzaro urushlari kuchaygan kezlarda Shayboniyxon Movarounnahrni istilo qilishga kirishadi. U 1499-yil Jizzax va Samarqand orqali Qarshi va Shahrisabzgacha bosib boradi, katta oʻlja bilan Dashti Qipchoqqa qaytadi. Oradan koʻp oʻtmay, katta kuch bilan Movarounnahrga qaytgan Shayboniyxon Buxoro va Qorakoʻlni egallaydi (1499), Sulton Ali Mirzo kaltabinlik bilan Samarqandni Shayboniyxonga jangsiz topshiradi (1S00). Biroq,, shahar aholisi va zodagonlarining maʼlum qismi temuriylar hukmdorligini tiklash tarafdori edi. Ular Fargʻona hokimi Boburga maktub yoʻllab, Samarqandni ishgʻol qilishga daʼvat etganlar. Bobur 1500-yil kech kuzida oʻz qoʻshini (240 kishi) bilan Samarqandga yetib kelgach, aholi unga peshvoz chiqib, shahar darvozalarini ochib beradi. Shayboniyxonning shahar himoyasi uchun qoldirgan 600 nafar askari qirib tashlanadi. Shayboniyxon Buxoroga chekinadi. Qisqa vaqt ichida Samarqandning barcha tumanlari, Qarshi va Gʻuzor shaharlarida Bobur hokimligi eʼtirof etiladi. Ammo shaharda oziq-ovqat zaxiralari tugab, ocharchilik boshlangan edi. Bundan xabar topgan Shayboniyxon katta kuch toʻplab, yana Samarqandga yurish boshlaydi. 1501-yil aprelda Zarafshon boʻyidagi Saripul qishlogʻi yaqinida boʻlgan jangda Bobur qoʻshinlari yengiladi. Bobur Samarqandga chekinadi. Shahar yana qamal qilinib, u toʻrt oy davom etadi. Qamalda qolgan shahar aholisining ochlikdan tinkasi quriydi, Bobur 1501-yilning 2-yarmida noilojlikdan Samarqandni tark etib, Toshkentga, Mahmudxon huzuriga yoʻl oladi.

Bobur Temuriylar saltanatini himoya qilish va uni saqlab qolish uchun astoydil harakat qilib, Shayboniyxonga qarshi bir necha yil davomida muttasil kurash olib borsada, ammo mamlakatda hukm surgan ogʻir iqtisodiy tanglik va siyosiy parokandalik sharoitida maqsadiga erisha olmaydi. 1503-yil Toshkent xoni Mahmudxon, Bobur va qalmoqlarning birlashgan qoʻshini Shayboniyxon tomonidan Sirdaryo boʻyida tormor qilinadi. Bobur Samarqand taxti uchun kurashayotgan paytda Andijonni Sulton Ahmad Tanbal egallab oladi. 1501—04-yillarda Bobur Fargʻona mulkini qaytarib olish uchun Sulton Ahmad Tanbal, Jahongir mirzolarga qarshi olib borgan kurashi muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi. Temuriylarning toʻxtovsiz janglari va ogʻir soliqlaridan toliqqan xalq Boburni qoʻllamadi va u Movarounnahrni tark etishga (1504-yil iyun) majbur buladi.

Bobur 200—300 navkari bilan Hisor togʻlari orqali Afgʻonistonga oʻtadi va u yerdagi ichki nizolardan foydalanib Gʻazni va Kobulni egallaydi. Bobur Kobulni egallagach, mustaqil davlat tuzishga jadal kirishadi, qoʻshinni tartibga keltiradi, qattiq ichki intizom oʻrnatadi. Kobulga, umuman Afgʻonistonga Bobur oʻz yurti kabi qaradi, qurilish, obodonlashtirish, kasbu hunar va qishloq xoʻjaligini rivojlantirish ishlarini boshlab yuboradi. „Bogʻi Shaxroro“, „Bogʻi Jahonoro“, „Oʻrtabogʻ“, „Bogʻi vafo“ va „Bogʻi Bobur“ kabi oromgohlar tashkil etdi. Shahar ichidagi Bolo Hisor qalʼasini oʻz qarorgohiga aylantirib, uni qayta taʼmirlatdi, yangi imoratlar qurdirdi va oilasi bilan shu qalʼada yashadi. Uning Humoyun, Gulbadanbegim, Komron va Hindol ismli farzandlari shu yerda tugʻiladi. 1506-yil bahorda vafot etgan Qutlugʻ Nigorxonim Mirzo Ulugʻbek shu yerda bunyod ettirgan „Bogʻi Navroʻziy“ga dafn etiladi.

Bobur Afgʻonistonda bir fotih sifatida emas, balki shu yurt, el obodonligi va ravnaqi uchun jon kuydirgan tadbirli hukmron sifatida qizgʻin faoliyat koʻrsatdi, uning manfaatlari yoʻlida odilona va oqilona ish tutdi. Afgʻonistondagi amaliy faoliyatiga koʻra, Bobur butun Xuroson va Movarounnahrda qudratli davlat boshligʻi va muzaffar sarkarda sifatida katga obroʻ orttira bordi, mintaqadagi siyosiy hayot eʼtiborli oʻringa koʻtarildi. Shayboniylarning tobora kuchayib borayotgan yurishiga qarshi birgalikda chora koʻrish masalasida Sulton Husayn Boyqaro barcha temuriy hukmdorlar qatorida Boburni ham maslahat yigʻiniga maxsus taklif etishi ana shunday yuksak nufuzni koʻrsatuvchi dalildir. Bobur shu taklif boʻyicha Hirotga otlanadi. Husayn Boyqaroning toʻsatdan vafot etishiga (1506) qaramay, u Hirotga boradi va temuriy hukmdorlar bilan uchrashib muzokaralar oʻtkazadi. Temuriy hukmdorlarning birlashib Shayboniyxon qoʻshinlariga toʻsiq qoʻyish rejalari amalga oshmaydi va tez orada birinketin magʻlubiyatga uchrab, saltanatni batamom qoʻldan chiqaradilar.

1507-yil boshlarida Bobur Hindistonga yurish boshlaydi. Ammo, bu urinishi muvaffaqiyatsiz tugab, yana poytaxt Kobulga qaytadi.

Bobur Movarounnahr va Xurosondagi siyosiy vaziyat va urush harakatlarini kuzatib boradi, oʻz qoʻshinlarini doimo shay tutadi. Shayboniyxon Xurosonning yirik markazlarini qoʻlga kiritgach, Eronni zabt etish uchun yurish boshlaydi. Ammo, Eron shohi Ismoil Safaviy bilan qattiq toʻqnashuvda (1510) yengiladi, oʻzi ham Marvda halok boʻladi. Shoh Ismoil Xuroson va Movarounnahrga qoʻshin kiritib shayboniylarga ketmaket zarar yetkaza boshlaydi. Bobur shoh Ismoil bilan harbiy-siyosiy ittifoq tuzib, 1511-yil bahorida Hisorni, yozida Buxoroni, oktabr boshida esa Samarqandni yana qoʻlga kiritadi. Boburning shia mazhabidagi eroniylar raʼyi bilan ish tutishi aholida norozilik tugʻdiradi. 1512-yil 28-aprelda Koʻli malik jangida Ubaydulla Sulton boshliq shayboniylardan yengilgan Bobur Hisor tomon ketadi. 1512-yil kuzida Bobur shoh Ismoil yuborgan Najmi Soniy laqabli lashkarboshi bilan Balxda uchrashib, Amudaryodan kechib oʻtib, avval Huzar (Gʻuzor) qalʼasini oladi, soʻng Qarshiga yurish qiladi, shahar uzoq muddatli qamaldan soʻng taslim boʻladi, shahar himoyachilari qattiq jazolanadi (yana q. Qarshi qamali.). 1512 yil 24 noyabr

da Gʻijduvon jangida Bobur shayboniylardan yana yengilib, Kobulga qaytishga majbur boʻladi. Bobur Movarounnahrni egallash ilinjidan uzilkesil umidini uzadi va butun eʼtiborini Hindistonga qaratadi.

1519-yil bahoriga kelib Bobur Hindistonni zabt etish rejalarini amalga oshirishga kirishadi va keyingi 5—6 yil davomida bir necha yurishlar uyushtiradi. Nihoyat, 1526-yil aprelda Panipatda asosiy raqibi, Dehli sultoni Ibrohim Loʻdiyning yuz ming kishilik qoʻshinini 12 minglik askari bilan tormor qiladi hamda Dehlini egallaydi (q. Panipat janglari.). Oradan koʻp oʻtmay, ikkinchi yirik hind sarkardasi Rano Sango ustidan ham zafar qozonib, Shimoliy Hindistonning Bengaliyagacha boʻlgan qismini oʻziga boʻysundiradi. Agrani oʻziga poytaxt sifatida tanlagan Bobur katta qurilish va obodonchilik ishlarini boshlab yuboradi. Shu tariqa Bobur Hindistonda uch yarim asrga yaqin hukm surgan qudratli boburiylar sulolasiga asos soladi.

Bobur Hindistonda ham, xuddi Afgʻonistonda boʻlganidek, koʻplab ijtimoiy xayrli ishlarni amalga oshirdi, mamlakat taraqqiyotiga jiddiy taʼsir koʻrsatdi. Tarqoqlik va parokandalikka, oʻzaro ichki nizo, qirgʻinlarga barham berib, viloyatlarni birlashtirdi, markazlashgan davlatni mustahkamlash va yurtni obodonlashtirishga, ilmu hunar va dehqonchilikni rivojlantirishga katta eʼtibor qaratdi. Qurilish ishlariga boshchilik qildi.

Boburning oʻz guvoxligiga koʻra, shoir sifatida ijodiy faoliyati Samarqandni ikkinchi marta egallagan vaqtda boshlangan; „Ul fursatlarda birorikkirar bayt aytur edim“, deb yozadi u. Bobur Samarqanddaligining ilk oylarida Alisher Navoiy tashabbusi bilan ular oʻrtasida yozishma boshlanadi. Bobur atrofida ijodkorlar toʻplana boshlashi ham shu yillarga toʻgʻri keladi. Jumladan, Binoiy, Abulbaraka va Bobur oʻrtasidagi ruboiy mushoirasi Samarqanddagi qizgʻin adabiy hayotdan darak beradi. Umuman, davlat arbobi va koʻp vaqti jangu jadallarda oʻtgan sarkarda sifatida ijtimoiy faoliyatining eng qizgʻin davrida ham, shaxsiy hayoti va davlati nihoyatda murakkab va xatarli sharoitda qolgan chogʻlarida ham Bobur ijodiy ishga vaqt topa bilgan, ilm, sanʼat va ijod ahlini oʻz atrofiga toʻplab, homiylik qilgan, ularni ragʻbatlantirgan.

Oʻtmish adabiyot va tarix, musiqa va sanʼatdan yaxshi xabardor boʻlgan, diniy taʼlimotga chin ixlos qoʻygan Bobur har doim olimu fozillar davrasida boʻldi, xususan ijod ahliga, kasbu hunar sohiblariga samimiy ehtirom koʻrgazib homiylik qildi, ularni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirib turdi. Ijod va sanʼat ahliga bunday mehrli munosabat aslo bejiz boʻlmagan. Bobur tabiatan ijodkor edi. Yigitlik yillaridan boshlab to umrining oxirigacha samarali ijodiy ish bilan shugʻullandi, har qanday sharoit va vaziyatlarda ham ijoddan toʻxtamadi, natijada, har jihatdan muhim boy ilmiy va adabiy meros qoldirdi.

Bobur 18—19 yoshlarida ruboiy va gʻazallar yoza boshlagan. Uning „Topmadim“ radifli gʻazali va „Yod etmas emish kishini gʻurbatda kishi“ misrasi bilan boshlanuvchi ruboiysi oʻsha yillardagi hayoti bilan bogʻliq.

Boburning ulkan sanʼatkorligi shundaki, shaxsiy kechinmalarini jiddiy umumlashma darajasiga koʻtara oladi va natijada asarlarida olgʻa surilgan gʻoyalar umuminsoniy qadriyatlar darajasiga koʻtariladi. Bobur ijodida, xususan, sheʼriyatida kindik qoni toʻkilgan ona yurtini dildildan qoʻmsash, uning tuprogʻiga talpinish, gʻariblik azoblaridan oʻtli hasrat, yoru diyor soginchi va visol ilinji, takdir zarbalari va turmush uqubatlari, zamona nosozliklaridan nola badiiy tahlil etiladi.

Bobur ijodida ishq-muhabbat, sevgi-sadoqat, visol va hijron mavzusi ham salmoqli oʻrin tutadi. Uning gazal va ruboiylarida, tuyuq va masnaviylarida maʼshuqaning maftunkor goʻzalligi, beqiyos husnu latofati, sharqona odobu axloqi, nozu karashmasi yengil va oʻynoqi, musiqiy va ravon misralarda katta mahorat bilan tarannum etiladi.

Boburning uz sheʼriy asarlarini toʻplab, devon holiga keltirgan sanani koʻrsatuvchi aniq tarixiy maʼlumotlar maʼlum emas. Ammo „Boburnoma“ning 1518—19-yillar voqealari bayoniga bagʻishlangan faslida Bobur devonini Kobuldan Samarqandga yuborganligi toʻgʻrisida soʻz boradi. Demak, shu yillarda uning devoniga tartib berilgan va mazkur devon Movarounnahrda ham tarqalgan.

Hozirda uning 119 gʻazali, bir masnu sheʼri, 209 ruboiysi, 10 dan optik tuyuq va qitʼalari, 50 dan ortiq muammo va 60 dan ziyod fardlari aniqlangan. Devoni tarkibida umumiy hajmi 270 baytdan iborat 8 masnaviy ham oʻrin olgan.

Hindiston yurishlari davri (1521)da Bobur „Mubayyin“ asarini yaratdi. Masnaviy tarzida yozilgan, islom huquqshunosligi va shariat aqidalariga bagʻishlangan bu asarda Movarounnahr va Hindistonga oid oʻsha davr ijtimoiyiqtisodiy hayoti boʻyicha qiziqarli maʼlumotlar ham jamlangan. Valiahd Humoyun va Komron Mirzolarga dasturulamal sifatida moʻljallangan „Mubayyin“da, ayni zamonda, namoz, zakot va haj ziyorati toʻgʻrisida ham sharʼiy mezonlar bayon qilingan. Shu yillarda Bobur Sharq sheʼriyatining asosiy masalalaridan biri aruz vazni, uning nazariyasi va amaliyotiga oid ilmiy risolasini yakunlaydi. Bobur nomini dunyoga mashhur qilgan shoh asari „Boburnoma“ ustidagi ijodiy ishini 1518—19-yilarda boshlagan (q. „Boburnoma“).

Boburning yuqorida keltirilgan asarlaridan tashqari, „Xatti Boburiy“, shuningdek musiqa sanʼati va harb ishlariga maxsus bagʻishlangan qator risolalari ham boʻlgan. Ammo keyingi ikki asar matni hanuz topilgan emas. „Xatti Boburiy“da muallif arab alifbosini tahrir etib, yozuvni soddalashtirish va osonlashtirish maqsadida uni turkiy til va talaffuz mezonlariga moslashtirgan.

1526-yil 21-dekabrda Boburga qarshi suiqasd uyushtiriladi. Mahv etilgan Ibrohim Loʻdiyning onasi oshpazlar bilan til biriktirib, uning ovqatiga zahar qoʻshtiradi. Shuning asoratimi yoki koʻp yillik mashaqqatli va qoʻnimsiz hayot taʼsirimi, har holda keyingi yillarda Bobur tez-tez kasalga chalinib turadi. 1527-yil oktabrida Bobur yana xastalikka uchragach, umrining oxirlab qolganini his etadi. Shunda Bobur oʻzi eʼtiqod qoʻygan Xoja Ahror Valiy ruhidan najot tilab, ixlos bilan uning nasrda bitilgan „Volidiya“ asarini sheʼriy tarjima qiladi. Boburning mohir tarjimon sifatidagi qobiliyati namoyon boʻlgan 243 baytli bu asar katta ijodiy ilhom bilan juda qisqa muddatda yakunlangan. Boburning oʻz eʼtiroficha, tarjima tugashi hamonoq batamom sogʻayib ketgan. Bu yillarda u „Boburnoma“ fasllari ustida ishlashni davom ettirdi, yangi-yangi gʻazalruboiylar yaratdi, oʻz iborasi bilan aytganda, „Hindistongʻa kelgali aytqon ashʼorni“ tartibga solib, shuningdek, „Volidiya“ tarjimasini, „Xatti Boburiy“ bilan bitilgan namuna va qitʼalarni Movarounnahr va Afgʻonistonga, Xumoyun, Xoja Kalon, Hindol va boshqalarga yubordi. Humoyun Mirzoga atalgan ijtimoiy-axloqiy masalalarni tahlil etuvchi mashhur maktubi ham Bobur ijodiy faoliyatining yorqin qirralaridan biri boʻldi.

Bir necha muddat oldin podsholikni Humoyunga topshirgan Bobur 47 yoshida oʻzi asos solgan saltanat poytaxti Agrada vafot etdi va oʻsha yerda dafn etildi, keyinchalik (1539), vasiyatiga muvofiq xoki Kobulga keltirilib, oʻzi bunyod ettirgan „Bogʻi Bobur“ga qoʻyildi (q. Bobur maqbarasi).

Bobur Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng oʻz yurtida haqiqiy qadr-qimmat topdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga koʻra 1993-yilda Bobur tavalludining 510 yilligi tantanali nishonlandi. Andijon shahrida Bobur nomida unt, teatr, kutubxona, milliy bogʻ („Bogʻi Bobur“) bor. Bobur milliy bogʻi majmuasitsa „Bobur va jahon madaniyati“ muzeyi, shoirning ramziy qabrmaqbarasi bunyod etilgan. Shahar markazida (muallifi Ravshan Mirtojiyev) va Bobur bogʻidagi yodgorlik majmuida (muallifi Qodirjon Salohiddinov) shoirga haykal oʻrnatildi. Andijondagi markaziy koʻchalardan biriga, shuningdek Toshkentdagi istirohat bogʻi va koʻchaga, Andijon viloyati, Xonobod shahridagi istirohat bogʻiga Bobur nomi berildi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Bobur nomidagi medali taʼsis etildi. Sharqshunos olim Ubaydulla Karimov bu medalning birinchi sovrindori boʻldi.

Andijonlik tabiatshunos olim Zokirjon Mashrabov rahbarlik qiladigan Xalqaro Bobur jamgʻarmasi (1993.23.12) Bobur ijodini oʻrganishda katta ishlarni amalga oshirdi. Jamgʻarmaning ilmiy ekspeditsiyasi 10 dan ortiq Sharq mamlakatlari boʻylab avtomobilda ilmiy safarlar uyushtirib, 200 ming km dan ortiq masofani bosib oʻtdi, Bobur va boburiylar qadamjolari, ularning ilmiy merosiga oid yangi maʼlumotlar toʻplab, ularni ilmiy isteʼmolga kiritdi. Mazkur maʼlumotlar asosida 10 dan ziyod ilmiy, hujjatli, badiiy asarlar (3. Mashrabov, S. Shokarimov: „Asrlarni boʻylagan Bobur“; S. Jalilov: „Boburning Fargʻona davlati“, „Bobur va Andijon“; Qamchibek Kenja: „Hind sorigʻa“; X. Sultonov: „Boburning tushlari“, „Boburiynoma“; R. Shamsuddinov: „Boburiylar izidan“, „Boburiylar sulolasi“; T. Nizom: „Uch soʻz“), 10 ga yaqin hujjatli, videofilmlar (F. Rasulov: „Bobur izidan“, „Muqaddas qadamjolar“; T. Roʻziyev: „Bobur salomi“, „Bobur nomidagi Xalqaro ilmiy ekspeditsiya“; T. Hamidov: „Iftixor“ va h.k.) yaratildi. Jamgʻarmaning Lohur (Pokiston), Haydarobod (Hindiston), Abu Dabi (Birlashgan Arab Amirliklari), Moskva (RF), Oʻsh (Qirgʻiziston), Toshkent, Namangan (Oʻzbekiston) shaharlarida boʻlimlari mavjud. 1998 yil Jamgʻarmaning boburshunoslik sohasidagi xalqaro mukofotlari ilk marta Pirimqul Qodirov, Sabohat Azimjonova, Gʻaybulloh asSalom, Neʼmatilla Otajonov, Xayriddin Sultonov, Eyje Mano (Yaponiya), Muhammadali Abduqunduzov, Maqsud Yunusov, Shafiqa Yorqin (Afgʻoniston), Maʼmurjon Toʻxtasinov, Ravshan Mirtojiyev, Majid Tursunov, Rahmonjon Azimov, Muhammadjon Mirzayevga berildi.

Nashr qilingan asarlari[tahrir]

  • Bobur. Tanlangan asarlar. -T.: 1958;
  • Bobur. Asarlar. Uch jildlik.-T.: Fan, 1965-66;
  • Bobur. Boburnoma. -T.: 1960, 1989;
  • Bobur. Muxtasar. Toshkent, 1971;
  • Babur. Traktat ob aruze (rodg. I.Steblevoy). — M.:1972;
  • Bobur. Devon. -T.: Fan. 1994; 6. Bobur. Mubayyin. — T.: 2001.

IELTS imtihoniga tayyorlanish - o'zbek tilida!

1 Комментарий

ALISHER NAVOIY

Alisher Navoiy


6137

Tug‘ilgan sana: 1441 Fevral 9
Vafot etgan sana: 1501 yil
Tug‘ilgan joyi: Hirot
Yo‘nalishlar: O`rta asr arboblari

O‘zbek xalqining ulug‘ mutafakkiri Alisher Navoiy jahon adabiyoti, madaniyatiga, insonlar baxt-saodati, xalq farovonligi, mamlakat obodonligi uchun ulkan hissa qo‘shgandir. Alisher Navoiy turk dunyosi adabiyotining eng mashhur vakilidir. Chunki hech kim bu til va adabiyotning ravnaqi uchun uningdek xizmat qilolgan emas. Navoiydek jahoniy zot «Xitoydan to Xuroson»gacha yoyilgan turkiy qavmlarni «yakqalam» qildi va shu bilan birga millatning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy ravnaqiga buyuk ta’sir ko‘rsatdi.

Tarjimai hol

Bolalik davri

Alisher Navoiy 1441 yil 9 fevralda Amir Temurning o‘g‘li Shohruh Mirzo shohligi davrida Hirotda tug‘ildi.

Uning otasi G‘iyosiddin Muhammad (uni G‘iyosiddin Kichkina ham der edilar) temuriylar saroyining amaldorlaridan, xonadonning ishonchli kishilaridan edi. Onasi amirzoda Shayx Abusaid Changning qizi bo‘lgan, ismi ma’lum emas. Alisherning bobosi Temurning o‘g‘li Umarshayx bilan emikdosh (ko‘kaldosh) bo‘lgan ekan.

Zamondoshlari uning haqida ko‘pincha «Nizomiddin Mir Alisher» deb yozadilar. «Nizomiddin» – din, diyonat nizomi degani bo‘lib, donishmand mansab egalariga beriladigan sifat, «mir» – amir demakdir. Uning otasi G‘iyosiddin Muhammad (uni G‘iyosiddin Kichkina ham der edilar) temuriylar saroyining amaldorlaridan, xonadonning ishonchli kishilaridan edi. Onasi amirzoda Shayx Abusaid Changning qizi bo‘lgan, ismi ma’lum emas. Alisherning bobosi Temurning o‘g‘li Umarshayx bilan emikdosh (ko‘kaldosh) bo‘lgan ekan.

Buyuk shoir o‘z asarlarida bu qutlug‘ dargohga yaqinligidan iftixor etishini bayon qiladi. Shuningdek, uning tarjimai holiga oid ayrim lavhalar asarlarida uchraydi. Bu tabarruk zot to‘g‘risidagi ba’zi ma’lumotlarni esa uning zamondoshlari o‘z kitoblarida beradilar.

Alisher saroy muhitida yashaganligi uchun alohida tarbiya va nazoratda o‘sdi. Kichiklik chog‘idan she’r va musiqaga ishqi tushdi. Olimu fozillar davrasida bo‘ldi. Uch-to‘rt yoshlarida davrining mashhur shoiri Qosim Anvorning bir she’rini yod aytib, mehmonlarni hayratga soldi. Bir yildan so‘ng uni maktabga berdilar. U bo‘lajak sulton Husayn Boyqaro bilan birga o‘qidi. Uning zehni va iqtidori haqidagi gaplar esa el orasida tarqalib bordi.

1447 yilda Shohruh Mirzo vafot etib, temuriy shahzodalar o‘rtasida taxt uchun kurash boshlanadi. Hirot notinch bo‘lib qoladi. Alisherlar oilasi Iroqqa yo‘l oladi. Yo‘lda, Taft shahrida Alisher zamonasining mashhur tarixchisi, «Zafarnoma» ning muallifi Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashdi.

Alisher xonadoni 1541 yilda Hirotga qaytadi. 1452 yilda Abulqosim Bobur Mirzo Xuroson taxtiga o‘tiradi, notinchliklar bosiladi. G‘iyosiddin Muhammad Sabzavorga hokim qilib tayinlanadi . Alisher esa o‘qishini davom ettiradi . Maktab yosh Alisherni she’riyat, adabiyot olamiga olib kirdi . Bo‘lajak shoir Sa’diy Sheroziyning «Guliston», «Bo‘ston» asarlarini, Farididdin Attorning » Mantiq ut-tayr «ni so‘ngsiz ishtiyoq bilan o‘qidi .

Ayniqsa, qushlar tilidan keltirilgan hikoyatlar va ularning chuqur mazmuni Alisherning o‘y-xayolini tamom egallab oladi . «Mantiq ut-tayr» xayoli Alisherga bir umr hamroh bo‘ldi. Umrining so‘nggida esa «Lison ut-tayr» («Qush tili») nomi bilan kitob yozdi. «Lison ut-tayr» garchi turkiy tilda yozilgan bo‘lsa-da, Navoiy uni Foniy taxallusi ostida e’lon qildi. Bo‘lajak shoir yana Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviy asarlarini sevib o‘qir edi.

1453 yilda Alisherning otasi G‘iyosiddin Muhammad vafot etadi. Alisher Abulqosim Bobur hizmatiga kirdi. Avval Sabzavorda, so‘ng Mashhadda yashadi. Ikki maktabdosh do‘st — Husayn va Alisher yana birga bo‘ldilar. Bir munosabat bilan u 50 ming bayt, 100 ming misra she’r yod olganini aytdi. She’r shunchaki nutq o‘stirish emas, ma’rifat, tafakkur mashqi ham edi.

Navoiy 15 yoshlarida o‘z she’rlari bilan zamonasining mashhur shoirlari diqqatini tortdi. Xondamirning yozishicha, she’rlari bilan endigina tanilib kela boshlagan Alisher o‘z davrining dongdor shoiri Mavlono Lutfiy xizmatiga boradi. Mavlono undan she’r o‘qishni iltimos qiladi. Alisher o‘zining:

Orazin yopg‘och, ko‘zimdin sochilur har lahza yosh,

Bo‘ylakim, paydo bo‘lur yulduz nihon bo‘lg‘och quyosh.

matla’i bilan boshlanadigan g‘azalini o‘qiydi. She’rdan hayratga tushgan keksa shoir bunday deydi: «Valloh, agar muyassar bo‘lsa edi, o‘zimning forsiy va turkiy tillarda aytgan o‘n-o‘n ikki ming baytimni shu g‘azalga almashtirardim va buni o‘zimning katta yutug‘im deb hisoblar edim». Bu turkiy (o‘zbek) she’riyatiga juda katta iste’dod kirib kelayotganidan nishona edi.

1457 yilda Abulqosim Bobur vafot etdi. Hokimiyat tepasiga Abusaid Mirzo keldi. Husayn Boyqaro taxt uchun kurashga sho‘ng‘ib ketdi. Navoiy esa Mashhad madrasalarida o‘qishni davom ettirdi. Do‘stlar orttirdi. Keksa shoir Kamol Turbatiyni shu yerda uchratdi. Turbatlik bu shoir Alisher bilan bir bayt muhokamasi ustida tanishib qoldi. Shoir 1464 yilda Hirotga qaytadi. Biroq poytaxtda uni noxushliklar kutadi. Abusaid Mirzo u bilan taxt talashayotgan Husayn Boyqaroni yaqin kishilarini ta’qib va tazyiq ostiga olgan, jumladan, tog‘alari Mirsaid Qobuliy va Muhammad Ali G‘aribiylarni oldinma-keyin qatl ettirgan edi. Ular iste’dodli shoirlar edi.

Alisherning ota mulki musodara qilingan, hatto yashab turgani boshpana ham qolmagandi. U shaharda uzoq qola olmadi. Holbuki, yosh shoirning ijodi barq urgan payti edi. Abdurahmon Jomiydek zamonasining alloma adibi bilan yaqindan tanishib, saboqlar olib, mehr qozongan edi. Navoiy — «Mahmud Nuran» deb e’zozlagan bu mashhur shoir va olim o‘zini siyosatdan uzoq tutar, hatto shahar tashqarisidagi Sa’diddin Qoshg‘ariy (1456 yilda vafot etgan mashhur shayx, Jomiyning ustozi) mozori yonidan joy qilib, o‘sha yerda yashar edi.

Navoiy 60-yillarning ikkinchi yarmida Samarqandda yashadi. Nihoyat, Samarqand o‘z go‘zalligi bilan ham Navoiyni maftun etadi . Shoir uni » firdavsmonand «( jannatmisol) deb ataydi va unga hech qachon «gardi fano» o‘ltirmasligini – zavolikka yuz tutmasligini istaydi. Navoiy shu yillari shoir sifatida juda katta shuhrat topa bordi. 1465 – 1466 yillarda uning muxlislari she’rlarini to‘plab, «devon» tuzadilar. Bu kitob bugun «Ilk devon» nomi bilan mashhurdir.

1468 yil oxirida Eronni egallash uchun bo‘lgan jangda Abusaid halok bo‘ladi. Husayn Boyqaro 1469 yilning boshida Hirotni qo‘lga oladi va Samarqandga xat yo‘llab, Navoiyni o‘z yoniga chaqiradi. Husayn Boyqaro uni davlat ishlariga jalb etadi. Muhrdor qilib tayinlaydi.

Davlat va jamoat arbobi

Alisher Navoiy 1469-1472 yillarda muhrdor, 1472-1476 yillarda vazir bo‘lib ishlaydi. 1487-1488 yillarda Astrobodga hokimlik qildi. Alisher ijod kishisi edi. U tabiatan buyruqvozlikdan va hukmfarmonlikdan yiroq, tafakkur hamda taxayyulga moyil, g‘oyat nozikta’b bir kishi edi. Mansab-lavozimlar har qancha yuksak bo‘lmasin uning uchun zil-zambil yuk bo‘lib, Husayn Boyqaroga bo‘lgan ixlos va muhabbatigina uni iste’fo berishdan saqlab turar edi.

Shunga qaramasdan, u sadoqat bilan xizmat qildi. Donishmandligi, tadbirkorligi bilan ko‘plab g‘alayonu qon to‘kishlarni oldini oldi, urushlarni tinchlik bitimlariga aylantirdi. Uning bu fazilati, ayniqsa, 1972-1476 yillardagi vazirlik faoliyatida yaqqol namoyon bo‘ldi.

Husayn Boyqaro hokimiyat ishlarida Navoiyning aql va sadoqatida tayanib ish ko‘rdi. Uni qarshiligiga qaramasdan, yuqori martabalarga tayinladi, 1472 yilda esa «amir»(vazir)likka qo‘ydi. Buyuk shoir «amiri kabir» (ulug‘ amir), «amirul muqarrab» (podshoga eng yaqin amir) unvonlariga musharraf bo‘ldi. Uning vazirlik yillari Hirotda obodonlik avj olgan, madaniyat gullab, yashnagan davr bo‘ldi. Ulug‘ amir o‘zi bosh bo‘lib, suvsiz yerlarga suv chiqardi, eski ariqlarni tozalattirdi, yangi kanallar qazdirdi. Eski binolarni ta’mir qildirib, yangilarini qurdirdi. Qanchadan-qancha madrasalar, xonahoqlar qurdirdi.

Ijod og‘ushida

Alisher Navoiy she’rni, shoirlikni hamma narsadan baland tutdi. Vazirlik martabasida turib ham she’r yozishni to‘xtatmadi. Atrofidagilar uning bu ishiga rag‘bat va hurmat bilan qaradilar. Shoh Husayn Boyqaroning o‘zi unga rahnamolik qildi. Ulug‘ shoirning ilk she’riy devonini muxlislari tuzgan bo‘lsalar, birinchi devoni – «Badoye ul-bidoya» («Badiiylik ibtidosi»)ni 1472-1476 yillarda shohning amri va istagiga ko‘ra o‘zi kitob qildi.

1485-1486 yillarda ikkinchi devon – «Navodir un-nihoya»(«Nihoyasiz nodirliklar») maydonga keldi. Alisher Navoiy 1481-1482 yillarda «Vaqfiya» asarini yozadi. Vaqf deb biror xayrli ishning sarfu xarajatini ta’min qilmoq uchun ajratilgan yer yoki mulkka aytiladi. Alisher Navoiyning eng katta orzusi doston yozish, birinchi navbatda, XII asrning buyuk shoiri Nizomiy Ganjaviy (1141-1209) dan keyin shoirlik qudratining mezoniga aylanib qolgan «Xamsa»ni yaratish edi.

Nizomiyning «Panj ganj» nomi bilan tarixga kirgan «Xamsa»si 5 masnaviydan tashkil topgan edi: «Maxzan ul – asror» («Sirlar xazinasi»), «Xusrav va Shirin», «Layli va Majnun», «Hayf paykar»(«Yetti go‘zal»), «Iskandarnoma». Yuz yildan keyin unga Xusrav Dehlaviy (1253-1325) javob qildi. U o‘z dostonlarini «Matla ul-anvor» («Nurlar boshlanishi»), «Shirin va Xusrav», «Majnun va Layli», «Hasht behisht»(«Sakkiz jannat»), «Oynayi Iskandariy» (Iskandar oynasi) deb ataladi.

Lekin bular hammasi forsiy tilda yozildi. Ulardan forslar, shu tilni bilganlargina bahramand bo‘ldilar. O‘z xalqining shunday hazinadan bebahra qolishi Navoiyni qiynadi. Navoiy maslahatga ustozi Abdurahmon Jomiy huzuriga boradi. Jomiy Navoiyni bu ishga tezlikda kirishishga undaydi, uning o‘z kuchi va imkoniyatlariga ishonchini mustahkamlaydi. Navoiy besh dostonni ikki yilda tamomlaydi.

1483 yilda o‘z «Xamsa»sini yoza boshlab, 1485 yilning boshida tugatadi. Shoir ishlagan kunlar hisobga olinsa, 54 ming misralik ulkan obida 6 oyda bitkaziladi. Turkiy tilda birinchi marotaba «Xamsa» yaratiladi. Olimu fuzalo – barcha bu hodisani zo‘r olqish bilan kutib oldilar. Zayniddin Vosifiyning «Badoye’ ul-vaqoye'»sidan: «Shoh Navoiyga: «Bir mojaro Siz bilan bizning oramizdan ko‘pdan hal bo‘lmay keladi, shuni bugun bir yoqlik qilaylik», deydi. Bu mojaro shundan iborat ediki, Sulton Husayn Alisherning muridi bo‘lishini ko‘pdan orzu qilar va uni «pirim» deb atar edi.

Alisher esa har gal: «Yo Ollo, yo Ollo, bu qanday gap bo‘ldi! Aslida — biz muridmiz, siz — hammasiga pirsiz», der edi.

Endi Sulton Husayn Alisherdan so‘radi: — Pir nima-yu, murid nima?

Alisher javob berdi:

— Pirning tilagi – muridning tilagi bo‘lishi kerak.

— Shunda Sulton Husayn o‘zining oq otini olib kelishni buyuradi. Ot juda asov, chopag‘on edi.

Sulton Husayn aytdi:

— Siz murid, men murid bo‘ladigan bo‘lsam, Siz shu otga minasiz, men uni yetaklayman.

Alisher noiloj otga minishga majbur bo‘ladi . Ot g‘oyat asov bo‘lib, shohdan boshqani o‘ziga yaqinlashtirmas edi. Alisher oyog‘ini uzangiga qo‘yishi bilan ot tipirchilay boshladi, Sulton Husayn otiga o‘shqirdi, ot itoat qilib , Alisherning minishini kutdi. Alisher egariga o‘tirishi bilan Sulton Husayn otining jilovidan ushlab yetaklay boshladi . Alisher hushidan ketdi. Uni egardan ko‘tarib oldilar. Tarihda bunday hol ko‘rilmagan edi. Hyech bir zamonda shoh shoirga jilovdorlik qilmas edi.

1480-1490 yillar Navoiy uchun badiiy ijodda samarali davr bo‘ldi . Shoir «Xamsa» dan keyin ko‘p o‘tmay, ketma – ket nasriy kitoblar yaratdi. U 1488 yilda yozgan «Tarixi mulki ajam» («Ajam shohlar tarixi») shularning biri edi. Bu asar «Muhokamat ul-lug‘atayn»da «Zubdat ut-tavoxir»(«Tarixlar qaymog‘i») deb ham ataladi. 1480 yillarning oxiri, 1490 yillarning boshida Navoiyning yaqin do‘stlari, ustozlaridan Sayyid Hasan Ardasher (1489), Abdurahmon Jomiy (1492), Pahlavon Muhammad (1493) ketma-ket vafot etdilar.

Navoiy ularga bag‘ishlab «Holoti Sayyid Hasan Ardasher», «Xamsat ul-mutahayyirin», «Holoti Pahlavon Muhammad» asarlarini yozadi. Navoiyning 1490 yillardagi eng katta xizmatlaridan biri «Xazoin ul maoniy» («Ma’nolar xazinasi»)ni tuzish bo‘ldi. 1492-1498 yillarda tartib qilingan 4 qism devondan iborat bu ulkan she’riy kulliyot shoirning turkiy tilda yozilgan deyarli barcha lirik she’rlarini qamrab olgan edi.

Shoir 7-8 yoshidan 20 yoshigacha bo‘lgan davrni umrining navbahori hisobladi va shu davr devonini «G‘aroyib us-sig‘ar»(«Yoshlik g‘aroyibotlari») deb atadi.

Hayotining so‘nggi yillari 1490 yillarning boshidagi og‘ir yo‘qotishlar, ayniqsa, 40 yillik qadrdoni Pahlavon Muhammad bilan ustozi Jomiydan judo bo‘lish Navoiyga qattiq ta’sir etdi.

1498 yilda Alisher Navoiy «Majolis un-nafois»ni qayta ko‘zdan kechirib, to‘ldirdi. Shoirlar adadni 459 taga yetkazdi. Shu yili yoshligidan qalbida muhrlanib kelgan «Mantiq ut-tayr» ga javob yozadi. «Lison ut-tayr» Navoiy ijodini yakunlovchi asarlardan biridir. Buyuk shoir 1498 -1499 yillarda xatlarini to‘plab, » Munshaot» tuzdi. Unda 88 ta xat jamlangan bo‘lib, ularning aksariyati shoirning shoh va shahzodalarga yo‘llangan.

Alisher Navoiy she’r yozishda 1 million 378 ming 660 ta betakror so‘z ishlatgan. Boisi faqat turkiy emas, forsiy, arabiy, urdu, xitoy, mo‘g‘ul va boshqa tillardagi so‘zlardan ham mahorat bilan foydalangan.

Shoirning 1500 yilning oxirlarida yozib tugatgan «Mahbub ul-qulub» asari uning eng so‘nggi asari bo‘lib qoldi . Navoiy 1501 yilning 3 yanvarida vafot etadi . Butun halq-shohda gadogacha, olimdan cho‘pongacha, shoirdan dehqongacha ulug‘ farzandining o‘limiga qayg‘u va iztirob bilan motam tutadi.

Faoliyati

Devonlar

1. «Ilk devon» 1465-1466.

2. «Badoye’ – ul bidoya» “Boshlang‘ich ijodlar” – 1465/66-1480/81

3. “Navodirun – nixoya” «Eng nodir she’rlar» ~1480

4. “Xazoyinul maoniy” «Ma’nolar xazinasi» (Chor devon) 1492 – 1498/99

“G‘aroibus–sig‘ar» «Bolalik ajoyibotlari»

“ Navodirush-shabob” «Yigitlik nodirliklari»

“Badoye’ul-vasat” «O‘rta yosh badialari»

“Favoyidul kibar” «Keksalik foydalari»

5. «Devoni Foniy» 1496 (fors tilida)

6. Xamsa

«Xayrat ul-abror» «Yaxshi kishilarning hayratlanishi» 1483

«Layli va Majnun» 1484

«Farhod va Shirin» 1484

«Sab’ai Sayyora» «Yetti sayyora» 1485

«Saddi Iskandariy» 1485

She’riy asarlar

7. “Lisonut tayr” «Qushlar tili» 1498/99

8. «Chixl hadis» “Qirq hadis” 1481/82

Nasr, Didaktik va Falsafiy asarlari

9. “Majolisun nafois” «Nafis tab’ilar majlisi» 1491/92-1498/99

10. “Muhokamatul – lug‘atayn” «Ikki til hakida muhokama» 1499 dekabr

11. «Mezonul avzon» “Vaznlar tarozusi” 1492

12. «Risolan muammo» «Muammolar haqida risola» 1492

13. “Maxbubul-qulub” «Qalblar mahbubi» 1500-1501

14. “Xamsatul – mutaxayyirin” «Besh hayrat» 1492/93-1495/96

15. “Holoti Sayid Xasan Ardasher” 1490/91

16. “Holoti Pahlavon Muhammad” 1491/95

17. “Munshaot” «Maktublar to‘plami» 1491/92

18. «Vaqfiya» 1481/82

19. “Tarixi anbiyo va hukamo” «Anbiyo va hukamolar tarixi» 1485 -1498/99

20. “Tarixi mulki ajam” «Eron podshohlari tarixi» 1485- 1498/99

21. «Nazmul-javohir» “Gavharlar shodasi” 1485

22. «Nasoimul muhabbat» “muhabbat nasimi” 1495/96

23. «Sirojul Muslimin» “Musulmonlar charog‘i” 1499/1500

24. Munojotnoma 1499/1500

25. “Forsiy Munshaot” «Forscha maktublar to‘plami» (fors tilida) yili aniqlanmangan va qo‘lyozmasi hozircha topilmadi.

Нет комментариев

Buyurtmalar va savolar

5 Комментариев

Ummon Guruhini yangi Qo`g`irchoq nomli klip chiqarildi!

58634ad5510d9                                                                                                                                                                                                                         

Нет комментариев

Ismoil Somoniy.

20070712_2009253189_somoniylar_05Ismoil Samoniy butun Movarounnahr va Xurosonni o`z qo`li ostida birlashtiradi.Buxora shahri bu ikki davlatning poytaxtiga aylanadi.  Somoniylar mamlakatni boshqarishda dastavval ixcham boshqaruv ma`muriyatini tashkil etadilar. U amir dargohi va devonlar (vazirliklar)dan iborat edi.             Dargohda amir qarorgohi va harrami ham saroy a`yonlari navkar va xizmatkorlarining turar joylari bo`lardi.Somoniylarni assosan vazir, mustovfiy, amid ul-mulk, sohibi Shurat kabi o`nta devon orqali idora etilib, ular orasida vazir devoni bosh boshqaruv mahkamasi hisoblanadi.                                                                                                                                                                                  Manba

Нет комментариев

Manaviyat va uning ta`rifi

,,Ma`naviyat – insonning ruhan poklanish , qalbda ulg`ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymone`tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg`otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlari mezonlidir».                                                                                  Ruhiy poklanish ko`ngil tozaligini, ezgu orzu-niyatlar bilan, beg`araz yashashni bildiradi.                                                                                                                            Ma`naviy dunyosi boy kishida ichki nazar kuchli bo`ladi.Bunday insonlarni qalb ko`zi ochiq odam,deb ham tariflanadi.Demak, ma`naviyat bizning nafaqat tashqi,balki qalb ko`zimiz ham ochiq bo`lishini taqozo etadi.Anashu ichki ko`z bilan narsa-hodisalarning tashqarida qaraganda ko`rinmaydigan ma`no-mohiyati ilg`ab olinadi. Natijada ko`pgina xato-kamchiliklardan xalos bo`lish,do`stni dushmandan,yaxshini-yomondan images (2)Без названия (3)ajratishni imkoni tug`iladi. 

Нет комментариев

Fikr va g`oya

Inson hayotida deyarli har kuni turli voqea-hodisalar ko`rib, kuzatib, ular images (1)imageshaqida ma`lumotlarni tinimsiz qabul qilib borgani uchun uning ongi tafakkurida ham doimo o`zgarishlar yuz berib turadi.Ularni biz fikr,o`y yoki xayol deymiz.                                                                                                                                  Odamlarning orzu-niyatlariga qarab, fikrlari ikki xil bo`ladi. Birinchisi -faqat bir odamning tassavurini ifoda etadigan shaxsiy fikr . Ikkinchisi- Ko`pchilikni tassavurini ifoda etadigan ijtimoiy fikr.                                                     Shaxsiy fikr yani bitta odamni fikrni bildiradi.masalan:Men bugun maktabga borib hamma fanlardan 5 olaman desa bu o`zining shaxsiy fikri bo`ladi.Ijtimoiy fikr esa ko`pchlikni tassavurini etadigan fikr ijtimoi fikrdir.Masalan:Biz oytsga qarshimiz. 

5 Комментариев

Olympic Symbols

Olympic Sybols           Без названия (1)Без названия (2)                                                         The Olympic Games have their own flag and motto. The flag is white with five circles.The circles represent the five continents of Afrika,Asia,Australia,Europe and North and South America.The circles are black,blue,green,red and yellow .The flag of every country in the games has at least one of these colours.The motto of the Olmpics is»Faster , higher, stronger».

2 Комментариев

images (3)                                                            Shuhrat                                                                                                 (1918-1993)                                                    Asli ot-u nasabi G`ulom Aminjon o`g`li Alimov bo`lgan shoir Shuhrat 1918-yilning 19-aprelida Toshkent shahrining Hastimom (Hazrat Imom) mahallasida tug`ilgan. Bo`lajak ijodkor oldin mahalladagi otinoyi maktabida, keyin sho`ro maktabida o`qidi.Adabyot o`qituvchisi Yunus Latifning ta`sirida badiy adabyotga mehr qo`ydi, She`rlar yoza boshladi.                                                    U 1932-1933-yillarda transport texnikumda, 1934-1936-yillarda O`rta Osiyo transport injenerlari instituttida tahsil ko`radi.1936-1940-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti(hozirgi Toshkent davlat pedagogika universiteti)da ta`lim oladi.                                                Shuhratning birinchi She`ri 1935-yilda 17 yoshida e`lon qilindi. Kasbga ko`ra transport injineri bo`lishiga qaramay, adabyotga qiziqishi katta bo`lganligi sababli respublika Yozuvchilar uyushmasiga ishga kirdi. Bu yerda yosh ijodkorni yozuvchi-shoirlarga, adabi muhitiga yaqin bo`lish istagi amalga oshdi. U 1930-yillarning ikkinchi yarimida e`tiboran bitgan she`rlariga <<Shuhrat>> taxallusini qo`llay boshliydi.Shoirni ,,Uch qiz afsonasi»,,Guldursin», ,,Qora va oq avara haqida ertak», kabi turli balladalar yozgan.Shoir Shuhrat Ko`plab hikoyalar, balladalar,romanlar, She`rlar muallifidir.                      Shoir 1993-yilning 20-iyunida uzoq davom etgan og`ir kasallikladan vafot etadi.                                                                                                               Manba:©Azizxon14.zn.uz

2 Комментариев

1-Oktabr Ustoz va murabbiylar kuni

Без названия (5) den-uchitelyaAsalomu alaykum aziz ustozlar sizlarni 1-oktabr ustoz va murrabbiylar kuni bilan tabrikliman .Sizlarga uzoq umir baxt-saodat tiliman ishlaringizga omat yor bo`lsiz

Нет комментариев

Yangliklar

CufHSyuZdTMiyWLuHpIkhxh8lYzev5lVBugun 14-dekabr kuni oliy majliz palatalari qo`shma majliz vaqtida Prezidentning qasamyod marosimi bo`lib o`tdi.                                                                                                 Marosim markaziy saylov kamisyasi raisi Mirzo-Ulug`bek Abdusalonov Shavkat Mirziyoyevga Prezidentlik guvoxnomasini va markaziy saylov komisyasining Shohodatnomasi topshirildi..qas1qas2qas3qas4                                                                                                                                                                 Manba:©Kun.uz

Нет комментариев